Polipli rinosinusit bo‘lgan bolalarda burun shilliq qavatining morfologik tuzilishini o‘rganish.
Bolalarda surunkali rinosinusit patogenezida immunologik ko‘rsatkichlarning ahamiyatini o‘rganish. Tadqiqot 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan 86 nafar SRS bilan kasallangan bolalarni tekshirish ma’lumotlariga asoslandi. Tibbiy ko‘rik ToshPTI klinikasi Otorinolaringologiya bo‘limida bevosita O‘zbekiston Respublikasi Immunologiya instituti immun tartibga solish laboratoriyasi ishtirokida o‘tkazildi. Bemorlar orasida 32 nafar o‘g‘il va 54 nafar qiz bolalar tashkil etdi. Bemorlarning o‘rtacha yoshi 8,5±3,75 yoshni tashkil etdi. Nazorat guruhiga 20 nafar deyarli sog‘lom bolalar kiritildi. Murakkab klinik- laborator tadqiqot usullari, shu jumladan anamnezni, shikoyatlarni o‘rganish, LOR a’zolarining ob’ektiv tekshiruvi, burun yondosh bo‘shliqlarining rentgenoskopiyasi va shilliq qavatining transport vaqtini aniqlash bilan burun shilliq qavatining transport funksiyasini tekshirishdan iborat bo‘ldi. Barcha bolalarda qonning immunologik tahlili o‘tkazildi. 20 nafar deyarli sog‘lom bolalarning ko‘rsatkichlari nazoratga olindi.
В статье подробно описаны особенности общественного контроля в борьбе с коррупцией, формы его осуществления, опыт передовых зарубежных стран в этом направлении, а в заключении статьи предложения и рекомендации, направленные на совершенствование механизмов общественного контроля в борьбе с коррупцией.